Kadr: Telegram
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Tracker mashinasi haydovchisi Cobalt va YPX inspektorini urib yuborib, ag‘darilgani haqida xabar berilgandi. «Milliy» telekanalining «Millar» dasturida yo‘l-transport hodisasi aslida nima sababdan kelib chiqqani ma’lum qilindi.
Voqea 2021 yilning 23 sentabr kuni soat 07:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori kichik serjant Anvar Otaboyev xizmat vazifasini o‘tash jarayonida Sh.U. (49 yoshli) boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasini hushtak va jezl orqali to‘xtatgan. Shu vaqt uning orqasidan harakatlanib kelayotgan K.U. (1989 yilda tug‘ilgan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi DUK haydovchisi) boshqaruvidagi Tracker Cobalt bilan to‘qnashib ketgan va xizmat olib borayotgan YHXB inspektorini urib yuborib, ag‘darilib, daraxtga urilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar xato inspektorning o‘zida bo‘lganini yozmoqda. Telekanal avariya oqibatida jabrlangan YPX inspektori bilan suhbatlashib, ko‘ngilsiz hodisa aslida nima sababdan kelib chiqqaniga oydinlik kiritdi.
«Cobalt avtomobili ikkinchi qatorda kelayotgan edi, uni to‘xtatgan vaqtimda mashina (Tracker — tahr.) yo‘q edi. Beshinchi qatorda birinchi qatorga o‘tganida qattiq ovoz eshitildi. O‘girilib qaraganimda, Tracker kelayotgan ekan, qochish maqsadida bir qadam orqada yurdim, shu holatda to‘qnashuv sodir bo‘ldi», — deydi inspektor.
Videolavhadan ham ko‘rish mumkinki, Tracker avtomobili yo‘lning beshinchi «polosa»sidan birinchi «polosa»siga katta tezlik bilan, quvib o‘tish qoidalariga amalga qilmasdan o‘tgan.
2022 yil 7 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Innovatsiya texnologiya va strategiya markazi DUK Tracker haydovchisiga nisbatan sud hukmi e’lon qilingan. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga ish haqining 15 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi DUK hisobidan fuqaroviy da’vogar Sh.U. foydasiga 15 469 100 so‘m, jabrlanuvchi A.O. foydasiga jami 4 060 002 so‘m yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilangan.
2022 yil 25 aprel kuni sudlanuvchi tomonidan chiqarilgan hukm ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilib, ayni paytda ushbu shikoyat Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ko‘rish uchun rasmiylashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi