O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasida Namangan viloyati delegatsiyasi nomidan qabul uyushtirildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Qabul davomida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov boshchiligidagi delegatsiya Avstriya tadbirkorlari bilan uchrashdi. O‘zbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev ham tadbirda ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Uchrashuvda Namangan viloyatining savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar, turizm va sport salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, viloyatda joriy yil 22 maydan 5 iyunga qadar bo‘lib o‘tadigan 61-xalqaro gullar festivali to‘g‘risidagi videolavha namoyish etildi.
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Qabul davomida Namanganda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarga namangancha tayyorlangan palov tortildi.
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Shavkat Abdurazzaqov Siemens kompaniyasining Avstriyadagi shtab-kvartirasida ham bo‘ldi.
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Bu yerda kompaniya rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Namangan delegatsiyasining Avstriyaga safari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi