Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 may kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida bunyod etilayotgan Yengil sanoat va logistika markaziga tashrifi chog‘ida korxona xodimlari bilan suhbatlashdi. Ushbu holat «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish etildi.
Davlat rahbari Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorovga unga 2022 yil yakunigacha Uchko‘prik tumanida ishsizlik bo‘lmasligi haqida aytganini ta’kidladi.
- "Bu mening armonlarim, bu mening dardlarim. Agar shu ishsizlikni iloji boricha tezroq yo‘q qilib, sizlarning daromadlaringiz kechagiga nisbatan salgina oshib borsa bo‘ldi. Bog‘cha bo‘lsa, maktab bo‘lsa, daromad bo‘lsa, tibbiyot bo‘lsa, tinchlik bo‘lsa bo‘ldi. Mahalla raisidan boshlab, viloyat hokimigacha faqat aholining dardi bilan yashagin, deyapman. Xonadonga kir, yurgin, g‘o‘ddaymagin. G‘o‘ddaydingmi lavozimingdan olib tashlayman, deyapman. Menga g‘o‘ddayganlar yoqmaydi. Pastda yursak, kambag‘alchilikni qisqartirib, odamlarni rozi qilsak, Xudo bizga madadkor bo‘ladi", — deydi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi