1 268
Xorazmda YPX xodimi haydovchini majburan ko‘tarib, mashinaga o‘tkazganiga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanida YPX inspektori talabini bajarmagan haydovchini ko‘tarib ichki ishlar organiga tegishli bo‘lgan Damas avtomashinasiga o‘tkazgani aks etgan videolavha tarqaldi. Viloyat IIB holatga munosabat bildirildi.
Qayd etilishicha, holat mas’ul xodimlar tomonidan o‘rganib chiqilgan. Aniqlanishicha, 11 may kuni soat 19:00 larda Gurlan tumani Mustaqillik ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari ro‘parasiga yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismiga Matiz avtomashinasi kelib to‘xtagan. Ushbu avtomashina YPX inspektori tomonidan to‘xtatilmagan bo‘lsa-da, avtomashina haydovchisi xavfsizlik kamarini taqmasdan boshqarib kelgani vizual tartibda ko‘rgan inspektor haydovchi yoniga borib unga xavfsizlik kamarini taqmasdan kelayotganini bildirib, avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni taqdim etishini so‘ragan.
Gurlan tumanida yashovchi Matiz haydovchisi R.S. (1994 yilda tug‘ilgan) o‘zining birinchi guruh nogironi ekanini ro‘kach qilib, ma’muriy javobgarlikdan qutilib qolish maqsadida, dastlab o‘zi avtomashinani boshqarmaganini bildirgan. Keyinchalik YPX inspektorining tuman ichki ishlar bo‘limiga birgalikda borish to‘g‘risidagi talabini bajarishdan qasddan bo‘yin tovlab qarshilik ko‘rsatgan. Avtomashina yo‘lovchisi bo‘lgan shu tumanda yashovchi M.Q. (1998 yilda tug‘ilgan) ham vaziyatga aralashib, haydovchini ichki ishlar organlari xodimlariga bo‘ysunmaslikka undagan.
Shundan keyin YPX inspektorlari shaxsiga aniqlik kiritish va unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishni ta’minlash maqsadida haydovchini Matiz avtomashinasidan ko‘tarib tushirib, Damas avtomashinasida tuman ichki ishlar bo‘limiga olib borgan.
Bo‘limda haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilganida, u mashinani 2021 yil 17 dekabr kuni hamda joriy yilning 26 yanvar va 29 mart kunlari tegishli hujjatlarsiz boshqargan. Oqibatda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga (yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bundan tashqari, fuqaro R.S.ga shu kunga qadar umuman haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan.
«Ushbu holatda PX inspektorlari tomonidan haydovchiga nisbatan qonunga zid xatti-harakat sodir qilinmagan, ular faqatgina yo‘l harakati qoidalarini mensimaydigan navbatdagi haydovchining huquqbuzarligiga chek qo‘yishgan», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi