Xorazmda valyutachilar qo‘lga olindi

Xorazmda valyutachilar qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, fuqarolar A.S. va M.J.lar o‘zaro til biriktirib, fuqaro F.J.ga har bir AQSH dollarini 11 230 so‘mdan sotishga kelishib, jami 6 800 AQSH dollarini 76,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan 7 000 AQSH dollari, 13,5 ming rossiya rubli va 1,6 mln so‘m ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar