00:08 / 18.05.2022
1 839

Nomdor vositalarning soxtasini yasab sotgan shovvoz ushlandi

Nomdor vositalarning soxtasini yasab sotgan shovvoz ushlandi
Termiz shahrida biologik faol qo‘shimcha mahsulotlarning nusxasini ishlab chiqarib sotayotgan yashirin sex aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.M. o‘zining yashash xonadonida yashirin sex tashkil etib, xaridor J.ga 86 dona «Al Hadaya» (150 ming so‘mdan) va 100 dona «Androgard» (250 ming so‘mdan) nomli mahsulotlarning nusxalarini firibgarlik yo‘li bilan 40 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning «Kattabog‘» MFY hududidagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda, ushbu xonadondan 152 turdagi har xil yog‘ mahsulotlari, bo‘sh idishlar, har xil yorliqlarni (etiketka) ishlab chiqarishda foydalanilgan noutbuk va rangli printer ashyoviy dalil sifatida olingan.


Mazkur holat yuzasidan 168-moddasi (firibgarlik), 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nomdor vositalarning soxtasini yasab sotgan shovvoz ushlandi