09:18 / 19.05.2022
1 123

Surxondaryoda fuqaroga «prava» olib berish uchun 2 mln so‘m olgan shaxs ushlandi

Surxondaryoda fuqaroga «prava» olib berish uchun 2 mln so‘m olgan shaxs ushlandi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berish uchun 2 million so‘m pulni tamagirlik yo‘li bilan olgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Jarqo‘rg‘on tumani «Eskiqishloq» mahallasida yashovchi fuqaro I.R. 21 aprel kuni viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida aprel oyida Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan «Vatanparvar» avtomaktabida to‘lov asosida o‘qigani, ammo hozirgi kunga qadar haydovchilik guvohnomasini olmaganini aytgan. Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan M. ismli fuqaro esa unga haydovchilik guvohnomasini olish uchun topshiriladigan imtihondan a’lo baholarga o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasini olib beradigan X. ismli tanishi borligini, 2 million so‘m bersa, imtihon natijalaridan qat’i nazar haydovchilik guvohnomasini olib berishini bildirgan. Fuqaro firibgarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini so‘ragan.

Arizaga asosan, joriy yilning 25 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro X.M. Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan Shivaki savdo do‘koni oldida ariza muallifi I.R.dan talab qilingan 2 million so‘m kimyoviy ishlov berilgan pullarni sanab olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan X.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda fuqaroga «prava» olib berish uchun 2 mln so‘m olgan shaxs ushlandi