20:12 / 21.05.2022
1 388

Xorazm va Navoiyda kuchli shamol binolarning tom qismini uchirib yubordi

Xorazm va Navoiyda kuchli shamol binolarning tom qismini uchirib yubordi
Foto: FVV
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan Xorazm va Navoiyda shamol oqibatlari bartaraf etildi, deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Gidrometeorologiya xizmat markazi tomonidan 20–23 may kunlari O‘zbekiston hududlarida shamol tezligi sekundiga 23–28 metrgacha kuchayishi, shuningdek, ba’zi joylarda bu changli bo‘ronlarni ko‘tarishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar berilgan.

21 may kuni Xorazm, Navoiy viloyatlarida gidrometeorologik tabiat hodisalari kuzatildi. Xorazm viloyati Urganch shahar hududida soat 10:45 da Urganch shahar Abulg‘ozi Bahodirxon ko‘chasidagi uyning, taxminan, 70 metr kvadrat maydonda tom qoplamasini shamol oqibatida uyning orqa tomonidagi avtoturargohga uchib tushgan. Oqibatda Gentra’ga qisman zarar yetkazgan.

Urganch tumani «G‘alaba» MFYdagi xususiy uyning, taxminan, 80 kvadrat metr shifer qoplamasi shamol oqibatida uchib yerga qulab tushgan. Voqea joyida tan jarohati olganlar yo‘q.

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida kuzatilgan kuchli shamol oqibatida «Do‘stlik» MFYda joylashgan uyning, taxminan, 5 metr kvadrati, «Yo‘lchilar» MFYda 2 ta xonadonning 4 metr kvadratdan tom qismi shifer va tunukalarini uchirgan. Holat oqibatida aholi tan jarohati olishi bo‘yicha FVV tarkibiy tuzilmalari va tibbiyot muassasalariga murojaatlar kelib tushmagan.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi 21–23 may kunlari respublikada kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar yuzaga kelishi munosabati bilan aholini kuchli shamol xonadonlar, ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlarning bino va inshootlari tom qoplamalarini uchirishi, tashqi reklama konstruksiyalari hamda daraxtlarni ag‘darishi yoki sindirishga olib kelishi bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelishi, bundan tashqari, tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel va toshqinlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar keltirib chiqarishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazm va Navoiyda kuchli shamol binolarning tom qismini uchirib yubordi