19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IIV SHXXB JIED xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.
Unda 1980 y.t. M.R ismli ayol muqaddam firibgarlik jinoyati sodir etganligi uchun jazo o‘tab kelayotganligiga qaramasdan Yuksalish ko‘chasida fuqaro G‘.X.ni 5.000 AQSH dollari evaziga O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga o‘qishga olib kirib qo‘yishini va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan oldindan kelishilgan pullardan 1.000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot uchun: yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar