
Foto: Turkmenportal.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar R.B. va O.A.lar o‘zaro til biriktirib, fuqaro R.ga 77,9 ming Turkmaniston manatini 6 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Chilonzor tumanida joylashgan «Korzinka» savdo markazi oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B.A. va A.Q.lar o‘zaro til biriktirib, 213 ming Turkmaniston manatini fuqaro R.ga 13 ming AQSH dollari va 60 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar