1 046
Samarqandda uch nafar fuqaro omborxonada 610 tup marixuana parvarishlab kelgani aniqlandi
Foto: Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Samarqand viloyatining Past Darg‘om va Payariq tumanlarida giyohvandlik vositalarini yetishtirgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati IIB hamda DXX tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Past Darg‘om tumanida yashovchi M.A. (1976 yilda tug‘ilgan) sement saqlash omborxonasidagi 4 sotix yer maydonida 610 tup marixuana giyohvand vositalarini parvarishlab kelayotgani aniqlangan. U bu ishni Past Darg‘om tumanida yashovchi X.B. (1992 yilda tug‘ilgan) hamda Toshkent shahrida yashovchi R.A. (1984 yilda tug‘ilgan) bilan birgalikda amalga oshirilgan.
Foto: Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Yana bir o‘tkazilgan tadbirda esa Payariq tumanida yashovchi A.A. (1970 yilda tug‘ilgan) yashash xonadoni tekshirilgan. Natijada 103 tup ko‘knori giyohvand o‘simligini parvarishlab kelingani aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda