12:00 / 24.05.2022
1 355

Toshkent viloyatida voyaga yetmagan ikki nafar bola 58 yoshli erkakni urdi

Toshkent viloyatida voyaga yetmagan ikki nafar bola 58 yoshli erkakni urdi
Skrin: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ikki nafar maktab o‘quvchisi 50—60 yoshlardagi erkakni haqorat qilib, urib, jarohat yetkazgani aks etgan videolavha tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat Toshkent viloyati IIBB nazoratida Chirchiq shahar IIB tomonidan o‘rganilgan. Jarayonda ishtirok etgan voyaga yetmagan shaxslar va ularning ota-onalari shahar IIBga taklif qilingan.

Aniqlanishicha, mazkur voqea 21 may kuni soat 17:30 larda sodir bo‘lgan. Voyaga yetmagan 8-sinf o‘quvchilari N.L. (2007 yilda tug‘ilgan) va E.A. (2007 yilda tug‘ilgan) jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, odob-axloq nomalariga zid ravishda Chirchiq shahar 4-kichik nohiya hududida R.A.ni (58 yoshli) hech bir sababsiz urib, bezorilik sodir etgan.

Voyaga yetmagan 7-sinf o‘quvchisi A.N. (2008 yilda tug‘ilgan) mazkur jarayonni uyali aloqa vositasi orqali video tasvirga olgan. Keyinchalik videolavha ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

Hozirda holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida voyaga yetmagan ikki nafar bola 58 yoshli erkakni urdi