23:18 / 27.05.2022
2 800

Samarqandda 11 qavatli bino noqonuniy qurilgani aniqlanib, buziladigan bo‘ldi

Samarqandda 11 qavatli bino noqonuniy qurilgani aniqlanib, buziladigan bo‘ldi
Foto: Videodan kadr
Samarqanddagi mahallalarning birida qurilgan ko‘p qavatli bino tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Qurilish vazirligi bino qurilishga ruxsat beruvchi shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmasdan amalga oshirilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu bino Samarqand viloyati Samarqand tumani «Joyi soy» mahallasida joylashgan bo‘lib, fuqaro F.X. o‘z uyining bir qismini buzib, joyidan 21,4x12,6 metr o‘lchamdagi 11 qavatli, 2 qavat yerto‘lali mehmonxona qurgan.

Ushbu bino belgilangan tartibda shaharsozlik kengashidan o‘tmagan. Qurilishga ruxsat beruvchi Samarqand tumani hokimining qarori yoki tuman qurilish bo‘limining ruxsatnomasi, arxitektura rejalashtirish topshirig‘i mavjud emas.

Bundan tashqari, mehmonxona majmuasi ob’ekti bosh rejasini naturaga ko‘chirish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan. Muhandislik geologiyasi, loyiha-smeta hujjatlari to‘liq ishlab chiqilmagan hamda tasdiqlanmagan. Qurilish ob’ektida foydalanilgan qurilish materiallarining talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi pasport va sertifikatlari taqdim etilmagan.

Yuqoridagi kamchiliklar mavjud bo‘lsa-da, qurilishga ruxsat beruvchi boshlang‘ich shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmagan holda qurilish-montaj ishlari konstruksiyalar bitgandan so‘ng «Konstant proyekt» MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari to‘liqsiz ishlab chiqilgan.

Qurilish davomida hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan bir necha bor qurilishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa-da, uni o‘zboshimchalik bilan davom ettirilgan.

Mehmonxona qurilishi ob’ekti bo‘yicha maxsus litsenziyaga ega «SVP Maskan» MCHJ mutaxassislari tomonidan 2016 yilda binoning texnik holati o‘rganilib, rigel va temir beton ramalarni kuchaytirish uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqish bo‘yicha xulosa berilgan. Ushbu kuchaytirish bo‘yicha tegishli loyiha ishlab chiqilmagan va ekspertiza organlarining ijobiy xulosasi olinmagan.

«O‘zog‘irsanoatloyiha» AJ va hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan 2022 yil 6 may kuni binoning seysmik holati o‘rganib chiqilib, «O‘zog‘irsanoatloyiha» AJning xulosasiga asosan binoning KMK, SHNK talablariga javob bermasligi va kolonnalarning ayrim joylari darz ketgani o‘z tasdig‘ini topgan hamda binoni buzish bo‘yicha xulosa berilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 11 qavatli bino noqonuniy qurilgani aniqlanib, buziladigan bo‘ldi