13:47 / 28.05.2022
935

Tanzila Norboyeva: «Mahalla raislari orasida o‘qituvchilar ulushi nisbatan ko‘pchilikni tashkil etmoqda»

Tanzila Norboyeva: «Mahalla raislari orasida o‘qituvchilar ulushi nisbatan ko‘pchilikni tashkil etmoqda»
Foto: Oliy Majlis Senati
O‘zbekistonda mahalla raislarining kasbi jihatidan tarkibida o‘qituvchilar ulushi 33,1 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda bugun, 28 may kuni bo‘lib o‘tayotgan Senatning 26-yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Tanzila Norboyevaning aytishicha, respublikada o‘tkazilayotgan mahalla raislari saylovida 8 ming 455 nafar rais saylandi.

«Bugungi kungacha mavjud 9 ming 349 ta mahalladan 8 ming 464 tasida (90,5 foiz) saylovlar o‘tkazildi. 22 ming 311 nafar tavsiya etilgan nomzodlar uchun ovoz berish jarayonida 1,8 milliondan ortiq fuqarolar vakillari ishtirok etdi. Bo‘lib o‘tgan saylovlarda 8 ming 455 nafar (90,4 foiz) mahalla raisi saylandi (bitta mahalla raisligiga salkam 3 nafardan nomzod to‘g‘ri keldi).

Saylangan raislarning 5 ming 548 nafari (65,6 foizi) birinchi marotaba, 2 ming 907 nafari (34,4 foiz) amaldagi raislarni tashkil etadi. Ularning 981 nafari (11,6 foiz) ayollardan, 260 nafari (3,1 foiz) mahalliy kengashlar deputatlaridan iborat. Mahalla raislarining kasbi jihatidan tarkibiga keladigan bo‘lsak, bunda o‘qituvchilar ulushi nisbatan ko‘pchilikni tashkil etmoqda (33,1foiz)
», dedi Senat raisi.

Tanzila Norboyevaning qo‘shimcha qilishicha, bu yilgi saylovlar oldingilaridan farqli o‘tmoqda.

«Tan olish kerak, avvallari mahalla raisi sayloviga odamlarda qandaydir befarqlik kayfiyati bor edi. Nega deganda ularda arzimagan muammoni ham hal etishga na vakolat, na imkoniyat bo‘lgan. Hozir ularga vakolat ham, kerak bo‘lsa mablag‘ ham ajratilyapti. Buni aholi tushunib, nomzodlarga nisbatan talabchanlik bilan munosabat bildirmoqda.

Shuni e’tiborga olgan holda, mamlakatimizda jamoat boshqaruvida mahalla faoliyatining ahamiyatini oshirish, uni xalqqa amaliy yordam ko‘rsatuvchi mustaqil, kuchli va ta’sirchan fuqarolik institutiga aylantirish borasidagi ishlar davom ettiriladi
», dedi Senat rasmiysi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tanzila Norboyeva: «Mahalla raislari orasida o‘qituvchilar ulushi nisbatan ko‘pchilikni tashkil etmoqda»