08:00 / 29.05.2022
1 052

«Taʼlim tizimimiz haligacha sovetcha». Senator O‘zbekiston taʼlim tizimini tanqid qildi

«Taʼlim tizimimiz haligacha sovetcha». Senator O‘zbekiston taʼlim tizimini tanqid qildi
Foto: Oliy Majlis Senati
O‘zbekiston taʼlim tizimi hali ham eskicha andozalar asosida ishlab kelmoqda. Bu haqda 28 may kuni bo‘lib o‘tgan Senat yalpi majlisida Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, senator Azamat Ziyoyev aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Azamat Ziyoyevning aytishicha, bugungi o‘zbek taʼlimi o‘quvchilar ongiga eng muhim bilimlarni singdira olmayapti.

«Toki taʼlim-tarbiya tizimini milliylik asosida qo‘ymas ekanmiz, hech narsaga erisha olmaymiz. Bola 3 yoshda bog‘chaga boradi, 18 yoshda maktabni bitiradi. Yaʼni 15 yil umri bog‘cha va maktabda o‘tadi. Shu 15 yil ichida uning ongiga tariximiz, tilimiz, adabiyotimiz, sanʼatimiz, musiqamiz va geografiyamizni singdira olsak marra bizniki. Afsuski, biz bu ishlarni qila olmayapmiz. Buni tan olishimiz kerak. Endi-endi kirishdik, 5-6 yil bo‘ldi. Biz bolalarga 9 sinfgacha faqat o‘zimizning tariximizni o‘rgataylik, degan taklifni berdik. Yo‘q, kelisha olmayapmiz. Bizda eskidan qolgan yomon odat bor: bag‘rimiz keng, hamma narsani sig‘dirib yuboramiz. Quchog‘imizni hammaga ochib beramiz. Bo‘ldi, u zamonlar o‘tdi. Biz internet tezligini 1000 barobar oshiraylik, ertaga tarqalayotgan axborotning hammasini o‘zbekchalashtiraylik, ammo mazmun milliy bo‘lmasa, bularning nima keragi bor? O‘zimizni o‘zimiz aldamasligimiz lozim», — dedi senator.

Foto: Oliy Majlis Senati
Azamat Ziyoyevning taʼkidlashicha, o‘zbek taʼlim tizimi sovetcha andozalardan hamon qutula olmayapti.

«Maktab darsligidan jahon tarixi o‘qitiladi va Rimni o‘quvchilarga ‘muqaddas Rim imperiyasi‘, deb o‘rgatiladi. Ular uchun muqaddas, biz uchun emas. Yaʼni hali ham o‘sha eskicha, Yevropa, Rossiya nuqtai nazaridan qarash bor. Men aniq aytaman: bizning taʼlim tizimimiz haligacha sovetcha. Sovet davrida shakllangan andozalar, talablar asosida kelyapti. Buni aytishdan uyalmasligimiz kerak. Bugungi kunda o‘zbek fuqarosi o‘zi yashayotgan mahalla tarixini bilmaydi. Qishlog‘i, viloyatining tarixini bilmaydi. Oldin odam o‘zining dinini bilishi lozim. Nega bizda din bilan bog‘liq muammolar ko‘p? Chunki bilmagani uchun. Juda ko‘p misollar keltirishim mumkin.

Senatimiz va hukumatimizni bir narsaga eʼtiborini qaratmoqchi edim, biz xususiy taʼlimni ko‘zdan qochirib qo‘yyapmiz. Viloyatlarda bilmayman qanaqa, Toshkentda asosan bu tizim tili rus tilida. Ertaga tarbiya ham shunga o‘xshab boradi. Agar bu bog‘chalarga kimlarning farzandlari borayotganini va ular 10 yil yoki 20-30 yildan keyin bu jamiyat boshqaruvini qo‘lga olishini inobatga oladigan bo‘lsak, biz xavotirga tushishimiz kerak. To‘g‘ri, xususiy taʼlim ishbilarmonlik bilan bog‘liq. Ammo gap tarbiya haqida ketyapti. Xususiymi, davlatnikimi, uni hech qanaqa ahamiyati bo‘lmasligi kerak. Bu masalani jiddiy nazoratga olishimiz zarur
», — dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Taʼlim tizimimiz haligacha sovetcha». Senator O‘zbekiston taʼlim tizimini tanqid qildi