18:23 / 29.05.2022
1 079

Toshkentdagi Chorsu bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht va sut mahsulotlari aniqlanib, yo‘q qilindi

Toshkentdagi Chorsu bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht va sut mahsulotlari aniqlanib, yo‘q qilindi
Foto: Sanitariya-epidemiologiya xizmati
Toshkentdagi «Eski Juva» dehqon bozorida o‘tkazilgan sanitariya nazoratidan so‘ng iste’molga yaroqsiz go‘sht va sut mahsulotlari aniqlanib, yo‘q qilindi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabariga ko‘ra, tekshiruv kuni bozorning 2-Veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan tadbir olib borilib, 250 kilogramm ot go‘shti, 60 dona tozalanmagan kalla, 50 dona mol tuyog‘i, 35 kilogramm kalla go‘shti, 43 litr sut utilizatsiya qilingan.

Foto: Sanitariya-epidemiologiya xizmati

Foto: Sanitariya-epidemiologiya xizmati
Bozor hududida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tozalik bo‘yicha muovini R.Y.ga, sut mahsulotlari rastasi noziri X.A.ga, go‘sht mahsulotlari rastasi noziri D.D.ga ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Alisher Safarov 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida poytaxt dehqon bozorlarida 6,8 tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 4,7 tonna sut va sut mahsulotlari iste’molga yaroqsiz ekani aniqlanib, zararsizlantirib yo‘qotilganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi Chorsu bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht va sut mahsulotlari aniqlanib, yo‘q qilindi