14:33 / 30.05.2022
1 271

Jizzaxda salkam 1 kilogramm qoradori olib ketayotgan urgutlik shaxs ushlandi

Jizzaxda salkam 1 kilogramm qoradori olib ketayotgan urgutlik shaxs ushlandi
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, viloyatda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Mirzacho‘l, Sharof Rashidov, Baxmal tumanlari va Jizzax shahrida giyohvandlik moddalarini yetishtirish va sotishga urinish holatlari fosh etilgan.

Jumladan, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi shaxs Baxmal tumani Uzunbuloq mahallasi hududida to‘xtatib tekshirilganda yonidan polietilen paketga o‘ralgan 968,79 gramm opiy giyohvandlik moddasi topilgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, urgutlik shaxs ushbu giyohvand moddani Baxmal tumani Uzunbuloq mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarodan sotib olgan. Shu kuni sotuvchining yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari tekshirilganda uning xonadonidan opiy giyohvand moddasining qoldiqlari bo‘lgan polietilen paketlar va 2 dona pichoq ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro giyohvandlik moddalarni Tojikiston Respublikasi fuqarosidan joriy yilning 20 may kuni tuman hududidan o‘tgan davlat chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazgan va yashash xonadonida saqlab kelgan. Opiy sotuvchisi va xaridor vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda salkam 1 kilogramm qoradori olib ketayotgan urgutlik shaxs ushlandi