16:47 / 30.05.2022
1 450

«Samsa» brendi insofsiz raqobat deb topildi

«Samsa» brendi insofsiz raqobat deb topildi
Ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilar uchun xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish joyi peshtoqida yozilgan «Samsa» xizmat ko‘rsatish belgisi yuzasidan tarqalgan xabarlarga asosan Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti rasmiy munosabat bildirdi.

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasiga asosan iste’molchilarning asosiy huquqlari tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish hisoblanadi.

Shuningdek, «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunining 13-moddasiga muvofiq:
  • tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste’mol xossalari, narxi, sifati;
  • ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida iste’molchilarni chalg‘itish;
  • xo‘jalik yurituvchi sub’ekt (raqobatchi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamg‘alanishini, etiketkasini, o‘rovini, ranglar uyg‘unligini, tovar belgisini takrorlash;
  • reklama materiallaridan yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektning (raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan nusxa ko‘chirish orqali qalbakilashtirish insofsiz raqobat hisoblanadi.

Yuqoridagilarga muvofiq ushbu holatda iste’molchilarning huquqlari buzilishi va insofsiz raqobat kirishishga oid huquqbuzarlik mavjud.

Shunday ekan, axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq kanallaridan axborotni to‘g‘ri talqin qilish va uni jamoatchilikka xolis yetkazishni so‘rab qolamiz», deyiladi rasmiy munosabatda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Samsa» brendi insofsiz raqobat deb topildi