2 018
Komil Allamjonov «Ozodlik radiosi» prezidenti va o‘zbek xizmati bosh muharriri bilan uchrashdi
Foto: t.me/allamjonov_ki
Komil Allamjonovning yozishicha, «Ozod Yevropa Radiosi / Radio Svobodnaya Yevropa («Ozodlik radiosi») mediakorporatsiyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jeymi Flay va «Ozodlik»ning o‘zbek xizmati bosh muharriri Pahlavon Sodiq bilan navbatdagi, ammo yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazilgan.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilingan va har ikki tomon uchun dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
Ma’lumot uchun, «Ozodlik radiosi» bir qancha Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda MDH respublikalariga eshittirishlar olib boruvchi xalqaro radiostansiyadir. «Ozodlik radiosi» 28 tilda, shu jumladan, o‘zbek tilida ham ishlaydi.
Radioga sovuq urush paytida kommunizmga qarshi stansiya sifatida Germaniyaning Myunxen shahrida asos solingan. 1949 yildan 1995 yilgacha stansiyaning asosiy binosi shu yerda bo‘lgan. 1995 yil stansiyaning markazi Chexiya poytaxti Pragaga ko‘chirilgan.
Bundan oldin Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida 133-o‘ringa chiqqaniga munosabat bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi