Shavkat Mirziyoyev huzurida 1 iyun kuni sog‘liqni saqlash sohasidagi vazifalar ijrosi hamda kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
2022 yilning 18 mart kuni davlat rahbari tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazgan va unda aytilgan muammo va takliflar asosida, zamonaviy davolash amaliyotlarini tatbiq qilish, tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish, soha xodimlarining oylik maoshlarini oshirish kabi ko‘plab vazifalar belgilangan edi. Yil boshidan buyon joylarda 85 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar ochilishi natijasida 700 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmatlar yaqinlashgan. Hududlarda xirurgiya yo‘nalishida qo‘shimcha 27 turdagi, endokrinologiyada 7, kardiologiyada 14 turdagi yuqori texnologik amaliyotlar joriy qilingan.
O‘tgan oylarda Davlat sug‘urta jamg‘armasidan 25 ming nafardan ziyod ehtiyojmand aholiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Farg‘onada 87 ming aholi manzilli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Bugundan tibbiyot xodimlarining oylik maoshi 30 foizgacha oshirilgan. Yig‘ilishda shu kabi amaliy ishlar bilan birga galdagi vazifalar ham muhokama qilingan.
«Inson qadri tamoyilini inobatga olib, oxirgi yillarda tibbiyot sohasida ham ko‘p farmon va qarorlar qabul qildik. Global sinovlarga qaramasdan, tibbiyot xodimlarining oyliklarini ko‘tarish choralarini ko‘rdik. Hamma joyda, eng chekka qishloqda ham tizim namoyon bo‘lishi kerak. Har bir fuqaroning sog‘lig‘i nazoratda bo‘lishi kerak», — degan davlat rahbari.
Yig‘ilishda mutasaddilar sohada boshqaruv va moddiy sharoitlarni yaxshilash, davolash protokollarini o‘zgartirish, tibbiy sug‘urta tizimini kengaytirish, tibbiy taʼlimni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha axborot bergan. Avvalo, birlamchi bo‘g‘inga eʼtibor qaratilib, joriy yil yakunigacha yana 51 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalarni ishga tushirish, mingta mahallada tibbiy punktlar tashkil qilish, aholini manzilli skriningdan o‘tkazish vazifalari belgilangan. Tez tibbiy yordam sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlarning borishi ko‘rib chiqilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Hududiy shifoxonalarda yuqori texnologik amaliyotlar turini 250 taga yetkazish, buning uchun ulardagi tibbiyot xodimlari malakasini oshirish, yangi imtiyozli davolash tizimini to‘liq joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Prezident sohani raqamlashtirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tgan. Yig‘ilishda sog‘liqni saqlashning barcha bo‘g‘inlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirib, o‘zaro bog‘lash, muassasalarni zamonaviy jihozlash, pullik xizmatlar hajmi va turlarini ko‘paytirish muhimligi taʼkidlangan.
Taʼkidlanishicha, 25 aprel kuni prezidentning «2022—2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Unga muvofiq, 191 ta tuman va shahar markaziy shifoxonalarida bolalar reanimatsiya bo‘limlari, 208 ta ko‘p tarmoqli poliklinika hamda Toshkent shahridagi 71 ta oilaviy poliklinikada bolalar bo‘limlari tashkil etilgan.
Davlat rahbari bunday bo‘limlarni qolgan tumanlarda ham ochish, Akusherlik va ginekologiya, Aholi reproduktiv salomatligi hamda Skrining markazlari faoliyatini rivojlantirish zarurligini taʼkidlagan. Sanitariya-epidemiologiya tizimini transformatsiya qilish, sanitariya qoidalari va standartlarini yangilash, yuqumli kasalliklarning oldini olish yuzasidan ham topshiriqlar berilgan,
Sog‘liqni saqlash vazirining har bir o‘rinbosariga o‘zlari masʼul bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha «yo‘l xaritalari» ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi