O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar.
“Davlat rahbarlari birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga asoslangan o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar”, - deyigan O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabarida.
Ta’kidlanishicha, muzokaralarda asosiy e’tibor ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikning kun tartibini tubdan kengaytirish masalalariga qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish yo‘lidan qat’iy borishlarini tasdiqladilar.
Davlat rahbarlari savdoni faol kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, ikki mamlakatning logistika va tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish hamda suv energetikasi loyihalarini amalga oshirish orqali munosabatlarni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tomonlarning intilishi qat’iy ekani ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgani xabar qilingan edi. Tashrif ikki kun davom etadi. Rejalashtirilgan sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi