
Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Toshkent viloyati Nurafshon shahrida noqonuniy yer oldi-sotdisiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyati Nurafshon shahrida yashovchi A.Z. va D.T. (1976 yilda tug‘ilgan) ismli shaxslar Ohangaron tumani hududida joylashgan 1,87 gektar bo‘sh yer maydonini xaridorga hech qanday hujjatsiz (noqonuniy ravishda) 140 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan. Ular oldindan avans sifatida 10 ming dollar miqdoridagi pulni talab qilib, yerning kadastr hujjatlarini keyinchalik to‘g‘rilab berishi va’da qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda ular 10 ming dollarni pora tariqasida olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan ushlangan shaxslar va ularga nisbatan to‘plangan hujjatlar Nurafshon shahar IIBga topshirilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent ViloyatiNurafshon ShahridaNoqonuniy YerYer SotishIchki IshlarPora Olish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar