10:15 / 04.06.2022
1 125

Hokimlarga favqulodda vaziyatlar sohasida qo‘shimcha vakolatlar beriladi

Hokimlarga favqulodda vaziyatlar sohasida qo‘shimcha vakolatlar beriladi
Prezidentning “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning joriy etilgan tizimi samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Favqulodda vaziyatlar oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar namunaviy tarkibi tasdiqlanadi.

Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar favqulodda vaziyatlar oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi ishchi organi hisoblanadi hamda quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
  • favqulodda vaziyatlar oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
  • aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha eng muhim masalalarni ko‘rib chiqish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari vazifalarini belgilash;
  • avariyalar, halokatlar, tabiiy va boshqa ofatlar oqibatida jabrlangan fuqarolarni, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofaza qilish, tibbiy reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlariga quyidagi vakolatlar beriladi:
  • favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlari nomzodini kelishish;
  • aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha asosiy tadbirlarni tasdiqlash hamda amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan hududlar va iqtisodiyot ob’ektlari muhofazasini tashkil etish;
  • yong‘in xavfsizligini ta’minlashning ayrim funksiyalariga xususiy sektor vakillarini jalb qilish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hokimlarga favqulodda vaziyatlar sohasida qo‘shimcha vakolatlar beriladi