Foto: Markaziy bank
Ijtimoiy tarmoqlardagi O‘zbekiston milliy valyutasi – so‘mning ramzi Fransiya IN-CORE Systems kompaniyasining logotipidan o‘g‘irlab olinganligi haqidagi xabarlarga Adliya vazirligining munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ushbu holatga intellektual mulk ob’ektidan, xususan, tovar belgisidan noqonuniy foydalanish sifatida baho berilmoqda.
Fransiya IN-CORE systems kompaniyasining belgisiga o‘xshash bo‘lgan belgilar dunyoning bir qator davlatlarida (AQSH, Kanada, Janubiy Koreya, Italiya, Germaniya va Hindiston) ham foydalanib kelinadi.
In Core system logotipi
Foto: Google Images
«Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi territorial (hududiy) xarakterga ega. Boshqacha aytganda, intellektual mulk ob’ekti ma’lum bir davlat hududida huquqiy himoyadan foydalanadi. Shu jumladan, tovar belgisi ham tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng huquqiy muhofazaga ega bo‘ladi.
Fransiya IN-CORE Systems kompaniyasining belgisi O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan va muhofaza qilinmagan.
Ushbu holatni mualliflik huquqi nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risida Bern konvensiyasi va milliy qonunchiligimizga muvofiq mualliflik huquqi yaratish fakti bo‘yicha yuzaga keladi va uning yuzaga kelishi hamda amalga oshirilishi uchun ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar) mualliflik huquqi ob’ektlari hisoblanmaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, mazkur belgini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va muhofaza qilish maqsadida Intellektual mulk departamentiga murojaat qilinmagan. Agar, ushbu belgini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Intellektual mulk departamentiga murojaat qilinsa, holat ekspertlar tomonidan to‘liq o‘rganilib, tegishli tartibda xulosa beriladi», – deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi