Joriy yilning 6 iyun kuni Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangani xabari berilgandi.
Unda amaldorga qanday ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi 48 soatda hal etilishi alohida qayd etilganidan boxabarsiz.
Bugun B. Haydarovga nisbatan sud ajrimi bilan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llandi. Ayni xabarni «Xabar.uz» manbasi tasdiqladi.
Hokimning rasman qamoqqa olinishi unga nisbatan ayb e’lon qilinganini anglatadi. Aytilishicha, u juda ko‘p miqdorda o‘zganing mulkini talon-toroj qilishda (Jinoyat kodeksining 167-moddasi) ayblanmoqda.
Yana bir gap: shaxsning qamoqqa olinishi uni egallab turgan lavozimdan chetlatishni taqazo etadi. Hozircha Andijon shahar hokimi B. Haydarov vazifasidan ozod etilgani haqida rasmiy xabar berilgani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar