Bugun, 8 iyun kuni soat 03:14 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani «Oq qamish» OFY hududidan o‘tgan A-380 avtomagistral yo‘lining 555-kilometrida avtobus yonib ketdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkent shahridan Nukus shahriga salonida 55 nafar yo‘lovchi va 2 nafar haydovchi bilan harakatlanib kelayotgan «Yutong» rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:40 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 04:15 da bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida avtobus to‘liq yonib zararlangan.
Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
FVV xabariga ko‘ra, eng yaqin yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in ro‘y bergan manzilgacha bo‘lgan masofa taxminan 45 kilometrni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi