
Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Qushbegi dahasida yashovchi Xitoy fuqarosi 36 yoshli T.V.ning yashayotgan xonadoniga o‘g‘rilar kirgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Voqea 31 may kuni soat taxminan 08:30 lar atrofida sodir bo‘lgan.
Gumondorlar xonadon yotoqxonasidagi shkafga o‘rnatilgan va ichida 265 000 AQSH dollari bo‘lgan temir seyfni olib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi 24 yoshli J.M., R.L., 19 yoshli N.J., B.M., 20 yoshli O.O. va 23 yoshli T.A.lar sodir etganligi aniqlandi.
Toshkent ShahriYakkasaroy TumaniXitoy FuqarosiJinoyat KodeksiO‘g‘irlikTergov Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar