20:30 / 11.06.2022
1 237

Termizda avtosalon sobiq xodimi qo‘lga tushdi

Termizda avtosalon sobiq xodimi qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektining huquqlarini himoya qilish yuzasidan «AUTO-C» MCHJ Surxondaryo viloyati filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, fuqaro Sh.D. ushbu MCHJda koll-sentr operatori vazifasida ishlagan davrida, MCHJ muhriga egalik qilib, tadbirkorlar M.A. va E.P.ga «Damas» va «Cobalt» rusumli avtotransport vositalarini xarid qilish uchun qalbaki shartnomalar rasmiylashtirib berib, ularning jami 226,6 mln so‘mini qo‘lga kiritib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 5 mln so‘mi qoplangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Termizda avtosalon sobiq xodimi qo‘lga tushdi