Alla Pugachevaning nevarasi Toshkentga keldi

Alla Pugachevaning nevarasi Toshkentga keldi
Taniqli rus xonandasi Alla Pugachevaning katta nevarasi Nikita Presnyakov Toshkent shahrini aylangan. Bu haqda u Instagramda xabar qoldirgan.

Presnyakov bir muddat AQSHda, onasi Kritina Orbakayte bilan birga yashagach, vataniga qaytgan. Qaytishda O‘zbekiston orqali uchgan va rafiqasi, model Alena Krasnova bilan Toshkentni aylangan.

«Ta’tildan keyin Toshkent orqali uchdik, vaqtdan oqilona foydalanib, hammasini ko‘rishga qaror qildik. Chiroyli va ozoda shahar. Odamlari istarali», deb yozgan Presnyakov.
Alla Pugachevaning nevarasi Toshkentga keldi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bedarak yo‘q bo‘lib ketgan rus aktrisasi Yekaterina Klimova hamkasbi Gosha Kutsenko bilan Toshkentda ekani aniqlangandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar