18:23 / 29.06.2022
2 376

AQSH O‘zbekiston kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSH O‘zbekiston kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
Foto: Agencies
AQSH O‘zbekistonning Promcomplektlogistic kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda «Daryo»ga AQSH Moliya vazirligi bazasidan ma’lum bo‘ldi.

Mart oyi boshida AQSH Rossiyaning «Radiavtomatika» kompaniyasiga Rossiya mudofaa sanoatiga mahsulot yetkazib bergani uchun sanksiyalar kiritgan edi.

28 iyun kuni Promcomplektlogistic kompaniyasi «Radiavtomatika»ga sanksiyalardan qochishga yordam bergani, xususan, unga mikrochiplar yetkazib bergani uchun sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shildi.

- Bu butun dunyodagi kompaniyalar uchun ogohlantirishdir — agar siz sanksiyalar ostida bo‘lganlar bilan biznes qilsangiz, o‘zingiz ham sanksiyalar ostida qolishingiz mumkin, — deyiladi AQSH Davlat departamenti bayonotida.

Sanksiya qo‘llash nimani anglatadi?
Promcomplektlogistic’ga to‘liq yoki qisman tegishli bo‘lgan barcha kompaniyalar ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ularning AQSHdagi barcha aktivlari muzlatiladi. AQSH kompaniyalariga Promcomplektlogistic bilan biznes qilish taqiqlangan.

Promcomplektlogistic haqida nima ma’lum?
Kompaniya 2018 yilda tashkil etilgan. Ustav kapitali 10 million so‘m. Ro‘yxatdan o‘tgan manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy shohko‘chasi, 16-a uy.

Kompaniya logistika bilan shug‘ullanadi. Bosh va yagona egasi Oleg Grablin, u Rossiyadagi yana bir nechta kompaniyalarga ega.

O‘zbekistonda Promcomplektlogistic’dan tashqari Grablin Alfa Beta Creative kompaniyasiga egalik qiladi. U logistika bilan ham shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH O‘zbekiston kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi