Namanganda Lacetti YTHga uchrab, haydovchisi bilan birga yonib ketdi

Namanganda Lacetti YTHga uchrab, haydovchisi bilan birga yonib ketdi
Foto: Namangan IIB YHXB
Namangan viloyati Mingbuloq tumanida Lacetti YTHga uchrashi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda IIB JXX YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 30 iyun kuni soat 23:30 larda, tumanning «Qozoqovul» MFY ichki yo‘lida Lacetti’ni boshqarib ketayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga ag‘anagan. Ag‘anash natijasida avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida haydovchi bosh miya ochiq shikasti tashxisi bilan voqea joyida vafot etgan.
Namanganda Lacetti YTHga uchrab, haydovchisi bilan birga yonib ketdi
Foto: Namangan IIB YHXB
Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar