1 030
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati qozisi: “Tinchlikning qadriga yetish – har birimizning vazifamiz”
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati qozisi Shamsuddin Bahauddinov videomurojaat bilan chiqib, aholini provokatsiyaga berilmaslikka va tinchlikning qadriga yetishga chaqirdi.
“Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollolohu alayhi vasallam o‘z muborak hadislarida: “Ikki ne’mat bor. Bu ikki ne’matning qadriga ko‘pchilik yetmaydi. Birinchisi – tan salomaligi bo‘lsa, ikkinchisi – tinchlik ne’matidir”, dedilar.
Azizlar, 1-2 kundan beri elimizda bo‘lib turgan voqealardan hammamizning xabarimiz bor. Shu maqsadda bugun hurmatli prezidentimiz Nukusga kelib, xalqimizning tilak-istaklarini eshitdi hamda bugungi kunda norozilik uyg‘otayotgan ba’zi bir masalalarga oydinlik kiritdi”, – dedi qozi.
Shamsuddin Bahauddinov davlat rahbari O‘zbekiston Konstitutsiyasining 17-bobida ko‘rsatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tegishli moddalar o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qilgani, bu esa xalqning fikri inobatga olinganini bildirishini ta’kidladi.
“Azizlar, tinchlik – bu juda ulkan, bebaho ne’mat. Uning qadriga yetish har birimizning vazifamiz. Tinchlikni saqlash, uning qadriga yetish payg‘ambar alayhissalom muborak hadislarida aytganlariday, shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroning, mo‘min-muslimalarning minnatli vazifalaridan”, dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin