“Qoraqalpoq do‘stlarimiz o‘zbeklardan o‘zlarini olib qochmasliklarini, aksincha, yanada jipslashishlarini so‘ragan bo‘lardim”, dedi taniqli diniy ulamo Mubashshir Ahmad. U, shuningdek, qoraqalpog‘istonliklarni tashqi kuchlarning ta’siriga tushib qolmaslikka chorladi.
Mubashshir Ahmad domla Qoraqalpog‘istondagi vaziyat yuzasidan Kun.uz’ga o‘zining fikr-mulohazalarini ma’lum qildi.
“Mazkur holatda bizdan ko‘ra ko‘proq ma’lumotlar hukumatga yaxshi ma’lum. Shu sababli xalqimizni shaxsiy fikrlar bildirmay turishga da’vat qildim. Chunki biror noto‘g‘ri harakat sabab vaziyat salbiy tomonga burilib ketishi mumkinligini anglagan holda birinchilardan bo‘lib o‘zim shaxsiy mulohazalarni bildirmaslikka amal qildim.
Prezident Mirziyoyevning Nukusga tashrifi va Qoraqalpog‘iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o‘rgangan holda, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 70-75-moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish haqidagi fikri tinchlik yo‘lidagi shaxdam qadam bo‘ldi, deb hisoblayman.
Bizga hozircha masalaning bir tomoni ko‘rinib turibdi. Qolaversa, biz mustaqillik, suverenitet bilan bog‘liq oldingi to‘lqinni ko‘rganmiz. O‘zbekiston mustaqillikka erishish arafasidagi chiqishlarni kuzatganmiz. Bu paytda odamlar his-tuyg‘uga juda urg‘u berib yuborishadi. His-tuyg‘u kuchayganda aql chekinadi. Shuning uchun ushbu masalada prezident qanday qaror qabul qilsa, qo‘llab-quvvatlash tarafdoriman. Davlat rahbarining yuqoridagi qarori bu voqealarga yechim bo‘ladi, deb umid qilamiz va buni Allohdan so‘rab qolamiz.
Qoraqalpog‘istonlik birodarlarimizni avval-boshdanoq bosiq bo‘lishga chaqirgandim. Endi nafaqat bosiq, balki hushyor bo‘lishlarini ham so‘rab qolaman. Ya’ni tashqi kuchlarning ta’siriga tushib qolmasliklarini xohlardim.
Sababi, Orol dengizi qurib borgani sari bu o‘lkada kattagina ekologik muammolar paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, ko‘plab iqtisodiy-ijtimoiy masalalarda ham yechimini kutayotgan muammolar mavjud. O‘sha ma’noda ularning mustaqillik talab qilishlari juda ko‘p yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Qolaversa, shu vaqtga qadar o‘zbeklardan hech qanday yomonlik ko‘rishmagan, ularga yomon ko‘z bilan qaralmagan. Ishonamanki, bundan keyin ham shu siyosat davom etadi – o‘zbeklar yaxshi do‘st, insonparvar va mehmondo‘st millatdir. Shu ma’noda qoraqalpoq do‘stlarimiz o‘zbeklardan o‘zlarini olib qochmasliklarini, aksincha, yanada jipslashishlarini so‘ragan bo‘lardim. Chunki bundan boshqa har qanday yechim izlash qoraqalpoq xalqining vaziyatini yana og‘irlashtiradi, deb bilaman.
Bizning qoraqalpoq eli bilan dinimiz bir, tilimiz bir, qarashlarimiz ham bir. Shunday ekan, har qanday chaqiriqlarga ergashmasdan, o‘zlarining ham, bizning ham rahbarlarimizning gaplariga itoat qilishlarini so‘rab qolaman” deydi Mubashshir Ahmad. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin