Farg‘ona viloyatida yashash xonadonida marixuana saqlagan fuqaro aniqlandi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB.
26 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Farg‘ona viloyati bo‘yicha xodimlarining tezkor ma’lumotiga asosan shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Jo‘ydam mahalla hududida yashovchi Q.B.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashash xonadoni yerto‘lasidan 15 dona sariq rangli qog‘oz o‘ramda hamda 1 dona sigaret qutisida marixuana giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin