
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Bugun, 3 iyul kuni taxminan soat 15:00 larda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bir guruh qutqaruvchilari «Tuyabo‘g‘iz» suv omborida navbatchilik olib borayotgan bo‘lgan.
Shu vaqtda suv ombori qirg‘og‘idan 150 metr uzoqlikda cho‘milayotgan Zangiota tumanida yashovchi 16 yoshli bola cho‘kib ketayotganligini payqab qolishgan va tezkorlik bilan qutqaruv ishlarini amalga oshirib, bolani suv ostidan olib chiqib hayotini saqlab qolganlar.
Ayni vaqtda qutqarib qolingan bolaning ahvoli yaxshi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan cho‘milish qoidalariga rioya etishni va ruxsat etilmagan suv havzalarida cho‘milmaslikni so‘ragan.
Toshkent viloyatiTuyabo‘g‘iz suv omboriFavqulodda vaziyatlarQutqaruvchilaryoshli bolaCho‘milish qoidalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar