Foto: SSV matbuot xizmati.
Qibray tumanining Chinobod ko‘chasidan avtomashinaga chiqqan homilador ayolda kutilmaganda to‘lg‘oq boshlanadi. Unga hamroh bo‘lgan qaynonasi uzoqdan tibbiyot muassasasi binosiga ko‘zi tushib, taksi haydovchisiga o‘sha yerga olib borishini aytgan.
Poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Ulug‘bek shaharchasi 1-son poliklinikasi hududiga «Matiz» rusumli avtomashinada olib kelingan homilador ayolga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatishga kirishildi.
Poliklinika mudirasi Hilola Jamilova avtomobilning o‘zida ayolga doyalik qilishga kirishgan.
Mutaxassisligi akusher-ginekolog bo‘lgan mudira va uning jamoasi sa’y-harakati va qat’iyati sababli tug‘uruq muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Shundan so‘ng ona va bola sog‘lom holda poliklinikaga eng yaqin hisoblangan Qibray tumani tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tug‘uruq kompleksiga mutaxassis hamrohligida olib borilgan.
Hozir ona-bolaning ahvoli yaxshi, ular salomatligi tug‘uruq kompleksi shifokorlari nazorati ostida, deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi