Kecha, 4 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qilgan.
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Joriy yil O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilayotgan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» shaklidagi o‘zaro bog‘liqlik va barqaror rivojlanishni mustahkamlash bo‘yicha vazirlar konferensiyasi hamda YEI va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.
Yevropa tomonining 2022 yil 25-26 iyul Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirokiga alohida e’tibor qaratilgan.
Yevropa tomoni Qoraqalpog‘istondagi mavjud vaziyat, vaziyatni beqarorlashtirishga yo‘l qo‘ymaslik, mintaqada tinchlik, osoyishtalik va jamoat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot bergan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi