11:36 / 05.07.2022
1 840

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarni rejalagan, tashkil qilgan va ishtirok etganlarning hammasi keskin jazolanishi kerak!

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarni rejalagan, tashkil qilgan va ishtirok etganlarning hammasi keskin jazolanishi kerak!
Alisher Qodirov «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi deputatlari va faollarining Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha munosabatini e’lon qildi:

«Hokimiyatning yagona manbai xalqdir. Barcha qarorlar xalq bilan maslahatlashilmoqda, minglab tashabbus va takliflarga munosabat bildirilmoqda.

Davlat boshqaruvining qarorlariga munosabat bildirishning oson va samarali tizimlari yaratilgan bo‘lsa-da, qonunlarga zid, hamma uchun zararli va hayot uchun xavfli bo‘lgan yo‘lni tanlaganlar qurbon emas jinoyatchidir.

Fikr aytish, mas’ullarga yetkazish, muhokama va munozara qilish, loqayd va mas’uliyatsiz xizmatchilarni tanqid qilish, shikoyat qilish yoki sudga berish huquqimiz va haqqimiz!

Lekin, bizdan boshqa millionlarning ham turmush maskani, xotirjamligi manbai bo‘lgan jamoat tartibi, tinchligi va barqarorligini buzmaslik va buzg‘unchilarni qo‘llamaslik majburiyatimiz hamdir!

O‘zbekiston tinchini buzmoqchi bo‘lganlar navbatdagi maqsadlariga yetolmadilar, ishonchimiz komil hech qachon yetolmaydilar ham.

Bu manfur buzg‘unchilarni topish va jazolash uchun Hukumatimizda vakolat, imkoniyat va tajriba yetarli ekaniga zarracha shubhamiz yo‘q.

Kim va sababi nima bo‘lishidan qat’iy nazar Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarni rejalagan, tashkil qilgan va ishtirok etganlarning hammasi qonunda belgilangan keskin jazolarini olishlari kerak!

Qarashlarimiz turlicha bo‘lishi mumkin, lekin O‘zbekistonda barqarorlik va xalqimiz tinchligini asrab-avaylash yo‘lida bir butun xalq bo‘lishimiz barchamiz uchun hayot-mamot masalasi ekanligini unutmaylik.

Vatan uchun jonini fido qilgan shahidlarimiz abadiy xotiramizda saqlanadi
» — deyiladi bayonotda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarni rejalagan, tashkil qilgan va ishtirok etganlarning hammasi keskin jazolanishi kerak!