16:44 / 06.07.2022
1 519

Behzod Musayev qiynoqli «uqalash muolajasi»ga munosabat bildirdi

Behzod Musayev qiynoqli «uqalash muolajasi»ga munosabat bildirdi
Foto: Videolavhadan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yosh bolani jismoniy og‘ritib, tibbiyot talablariga mutlaqo mos bo‘lmagan uqalash muolajasi amalga oshirilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holatga Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev munosabat bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «uqalash muolajasi» bilan bog‘liq videolavha barchamizda e’tiroz va nafrat uyg‘otdi. Chunki ushbu xatti-harakatlar nafaqat tibbiyot, balki insoniylik tuyg‘ulariga ham yotdir.

Vazirlikning bu kabi holatlarga nisbatan pozitsiyasi aniq va qat’iy: biz inson hayoti va salomatligiga xavf soladigan, qadr-qimmati va sha’nini toptovchi har qanday xatti-harakatga murosasiz munosabatdamiz.

Shuning uchun ham mazkur masala yuzasidan o‘rganish natijalari va xulosalarimizni, xususan, uqalash muolajasini bajargan shaxsning tegishli ruxsatnoma, sertifikat, ijara shartnomasi, fizioterapiya yo‘nalishida diplom va malaka toifasiga ega bo‘lmay faoliyat yuritganiga doir faktlarni huquq-tartibot idoralariga taqdim etamiz. Ishonamizki, tez orada ushbu holat o‘z huquqiy bahosini oladi.

Shu o‘rinda, ota-onalardan tegishli litsenziya, ruxsatnoma va malakaga ega bo‘lmagan kimsalarga farzandlarining taqdiri va salomatligini ishonib topshirmasliklarini, agar bunday noqonuniy xatti-harakatlarga duch kelsa, darhol vazirlikning 71-241-10-67 yoki 71-241-82-40 telefon raqamlariga murojaat qilishlarini so‘raymiz
», deyiladi vazirning munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, bolani azoblab massaj qilgan shaxsning diplomi ham, tegishli ruxsatnoma va sertifikati ham yo‘qligi ma’lum bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Behzod Musayev qiynoqli «uqalash muolajasi»ga munosabat bildirdi