1 395
Qibrayda 360 ming, Zangiotada 200 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Toshkent viloyatining Qibray va Zangiota tumanlarida yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik va pora berishga dalolat qilish jinoyatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 7 iyul kuni IIVga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Otabek ismli shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida bo‘sh yer maydoni qidirayotgan fuqaro bilan tanishib, Toshkent viloyatining Qibray tumanida sotiladigan 3 gektar yer borligini aytgan.
Otabek bu yer maydoni 350 ming dollarga narxlab sotuvga qo‘yilgani, hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali bu yerda issiqxona qurish huquqini beruvchi viloyat hokimining qarorini chiqartirib berishini va’da qilib, ushbu xizmati evaziga qo‘shimcha 10 ming dollar so‘ragan.
U Chilonzor tumani Novza ko‘chasida joylashgan “Chinor” oshxonasida 360 ming dollardan 10 ming dollarni avans sifatida olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Zangiota tumanida esa fuqaro J.U. boshqa bir fuqaroni Zangiota tumani “Ilg‘or” MFY hududida joylashgan 0,5 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 200 ming dollarga sotayotgani, yerga tegishli hujjatlarni tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berishiga ishontiradi. Mazkur shaxs oldindan 40 ming dollarni olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Dastlabki surishtiruvlar davomida u sotmoqchi bo‘lgan yer maydoni davlat zaxirasida turgani ma’lum bo‘ladi.
Ayni paytda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi