17:00 / 11.07.2022
1 417

Jizzaxda firibgarlar ushlandi

Jizzaxda firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zomin tuman bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro L.K. boshqa bir fuqaro F.ni Jizzax Politexnika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro J.X. o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, fuqaro D.ni Qirg‘iziston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib, keyinchalik tanishlari orqali o‘qishini O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtiga ko‘chirib berishi evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda firibgarlar ushlandi