date
views 1 476

Guliston davlat universiteti talabasi qo‘lga olindi

Guliston davlat universiteti talabasi qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Guliston davlat universiteti talabasi U.O. tanishlari yordamida fuqaro G‘.ning ukasi U.ni 7 000 AQSH dollari evaziga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, shundan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Guliston davlat universiteti talabasi qo‘lga olindi