11:03 / 17.07.2022
2 559

Toshkentda jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Toshkentda jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Sirg‘ali va Olmazor tumanlarida istiqomat qilgan respublikamizda faoliyati taqiqlangan «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti a’zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi.

IIV xabariga ko‘ra, 1978 yilda tug‘ilgan A.F., 1980 yilda tug‘ilgan M.A. hamda 1983 yilda tug‘ilgan A.G. (ayol) ushbu jinoiy guruhning a’zolari sifatida faoliyat yuritganligi aniq bo‘lgan.

Guruhning faol a’zolari bo‘lgan A.F. va M.A. Toshkent shahrida joylashgan «Avtomobil bozori», «Jomiy bozori» va «Bekto‘pi bozorlari»da bo‘yoq tarqatish va sotish bilan shug‘ullanib, biznes hamkorlari hamda yaqin qarindoshlariga Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tashkil qilgan bir nechta guruhlari orqali «Hizb ut-Tahrir» materiallarini tarqatib, ularni «tahrirchilar» safiga a’zo bo‘lishga da’vat qilishgan.

Ushbu shaxslarning jinoiy harakatlari «Hizb ut-Tahrir»ning faol yollovchilari hisoblangan, ayni paytda xalqaro qidiruvda bo‘lgan Mahmud Abdulmo‘min (1980 yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich) va Islom Abu Halil (1984 yilda Namangan viloyati Namangan shahrida tug‘ilgan Nurmatov Ismoil Ibroximovich)lar tomonidan boshqarilgan.

«Mahmud Abdulmo‘min»

«Islom Abu Xalil»
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi