date
views 1 280

Shveysariya kompaniyasi Zominda kanat yo‘li quradi

Shveysariya kompaniyasi Zominda kanat yo‘li quradi
Foto: Bartholet
Shveysariyaning kompaniyasi Zominda kanat yo‘li quradi. Bu haqda Snow Industry News xabar berdi.

Zominda yangi kurort va tog‘-chang‘i zonasi barpo etililishi rejalashtirilmoqda. Shveysariyaning Bartolet kompaniyasi u yerda kanat yo‘li qurish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Porsche Design Studio dizaynidagi 8 o‘rinli kanat bilan 2500 metr balandlikda har soatda 1200 kishini tashish mumkin bo‘ladi.

Bartolet kanat liftni 2023 yil 1 aprelda ishga tushirishi kutilmoqda. Rejaga ko‘ra, shu sanadan boshlab kurort va tog‘-chang‘i zonasi ham ishga tushiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shveysariya kompaniyasi Zominda kanat yo‘li quradi