
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, fuqaro Sh.N. Qo‘qon davlat pedagogika instituti sirtqi bo‘limi uslubchisi D.A. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqaro Sh.ni Farg‘ona davlat universitetining boshlang‘ich ta’lim fakultetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 11 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar