14:43 / 19.07.2022
1 151

Andijonda ruxsatsiz diniy ta’lim bergan er-xotin ushlandi

Andijonda ruxsatsiz diniy ta’lim bergan er-xotin ushlandi
Foto: Andijon viloyati IIB
Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar olib borildi.

Tadbir natijasida Andijon shahrida yashovchi erkak X.M. hamda uning turmush o‘rtog‘i Andijon shahrida yashovchi ayol X.X. bilan birga 2021 yil dekabr oyidan buyon yashash xonadonida, o‘z tanishlarining 11 nafar voyaga yetmagan o‘g‘il va qiz farzandlariga maxsus diniy bilimga ega bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruv markaziy organining ruxsatisiz noqonuniy ravishda Qur’oni Karim va «Muallimi soniy» diniy adabiyotlardan foydalangan holda diniy saboq berib kelayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi bilan Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan X.M.ga nisbatan 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi va uning turmush o‘rtog‘i X.X.ga rasmiy ogohlantirish jazosi qo‘llangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda ruxsatsiz diniy ta’lim bergan er-xotin ushlandi