Birovga qarz berib, pullarini ololmay yurgan insonlar haqida eshitib qolamiz. Oramizda birovdan qarz olib, uni o‘z vaqtida qaytarishni paysalga solib kelayotgan insonlar ham uchrab turadi.
Pulini qaytarishni so‘rayverib charchagan insonlar, oxir oqibat sudga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda. Muqaddas dinimizda qarz bu dunyoda ham, u dunyoda ham so‘ralishi haqida aytilgan. Biroq, farzini unitayotganlarning soni afsuski kundan-kunga ortib bormokda.
Sud qarorlariga asosan qarzni undirish Majburiy ijro byurosi organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi va bu borada samarali ishlar qilinmoqda.
Misol uchun, Byuroning Olot tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudining 01.03.2022 yildagi qarzdor A.Ro‘ziyevdan undiruvchi Z.Fayzullayeva foydasiga 205 mln. so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, qarzdor tomonidan ijro hujjati talablari ixtiyoriy muddatda bajarmaganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan jarima qo‘llanilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor nomida 2013 yilda ishlab chiqarilgan “CHNHTC HOWO” rusumli avtotransport vositasi mavjudligi aniqlangan va tegishli tartibda xatlanib, savdoga chiqarilgan.
Mazkur avtotransport vositasi “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali 245 mln. so‘mga sotilgan. Sotuvdan tushgan pul mablag‘lari hisobidan qarzdorlik to‘liq qoplanib, ijro ishi ijrosi amalda ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vazirlik va idoralar xodimlari soni qisqartirilmoqda
Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi
Ro‘ziqul Berdiyev: "Maqsadimizga, orzumizga hali yetmadik"
Eron yaqin kunlarda Isroilga «halokatli zarbalar» bermoqchi
Xitoy tovushdan tez uchuvchi yo‘lovchi samolyotni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi
Putinning maslahatchisi yadro qurolini “Xudoning tuhfasi” deb atab, undan foydalanishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga 5,5 mlrd dollarlik qurol yetkazib bergani aytilmoqda
Qodirov harbiy universitetga hujum uchun Ukrainаdan qasos olishga va’da berdi