«Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–329-son, 22.07.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, yoshlar va xotin-qizlar uchun kasb-hunar va tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv kurslari xarajatining 70 foizi, lekin 1 mln so‘mdan oshmagan qismi kompensatsiya qilib beriladi.
«Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlar kasb-hunarga, tadbirkorlikka Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida to‘liq bepul o‘qitiladi.
O‘quv kurslarini yakunlagan ishsiz xotin-qizlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtiriladi.
Tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunlagan xotin-qizlarga tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishidan boshlab, o‘z faoliyatini mustaqil olib borishiga qadar bo‘lgan jarayonda hokim yordamchilari tomonidan tizimli ravishda amaliy yordam ko‘rsatib boriladi.
Mehnatga layoqatli, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan ish beruvchilar uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravari (600 ming so‘m)dan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...