21:20 / 22.07.2022
1 362

Farg‘onada bo‘lim mudiri pora ustida qo‘lga olindi

Farg‘onada bo‘lim mudiri pora ustida qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda tuman tibbiyot birlashmasining xodimlar bo‘limi mudiri, tanlov komissiyasi kotibi Sh.P. fuqaro X.ni birlashma komissiyasi raisi va a’zolari yordamida hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Sh.O. fuqaro S.ni tanishlari orqali hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada bo‘lim mudiri pora ustida qo‘lga olindi