22:02 / 22.07.2022
1 480

Markaziy bank O‘zbekistondagi «valyuta sxemalari» haqidagi gaplarga izoh berdi

Markaziy bank O‘zbekistondagi «valyuta sxemalari» haqidagi gaplarga izoh berdi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda xorijliklar O‘zbekistonga kelib, bu yerda rublni dollarga almashtirib ketayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning aytishicha, vaziyat nazorat ostida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har chorakda xorijliklarga ochilgan hisobvaraqlar soni 15-20 foizga oshib bormoqda.
Ikkinchi chorakda 47 000 ta yangi hisobvaraq ochilib, ularning umumiy soni 169 000 taga yetdi.

- Ularni tahlil qilganimizda, asosiy qismi O‘zbekistonga Rossiya, Belarus va Ukrainadan ko‘chib kelganlar hissasiga to‘g‘ri kelganiga guvoh bo‘ldik, – deydi Mamarizo Nurmuratov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hisoblarda taxminan 115 million dollar bor.

- Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, bu yerda jiddiy muammo ko‘rmayapmiz, – deydi Mamarizo Nurmuratov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank O‘zbekistondagi «valyuta sxemalari» haqidagi gaplarga izoh berdi